Maqsad va vazifalar

Tashkilotning maqsadlari:

  • Tashkilot a’zolari va kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning professional ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa korxona, tashkilot, muassasalarda ifoda etish;
  • kino san’atining fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy va ahloqiy kamol topishidagi ahamiyatini, nufuzini targ‘ib qilish va yuksaltirish choralarini ko‘rish;
  • Tashkilot a’zolari tomonidan mamlakatimizning milliy manfaatlariga, ma’naviy qadriyatlariga, urf-odatlariga mos keluvchi xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishishlariga va ularni mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishlariga ko'maklashish;
  • kinematografiyaning zamonaviy bozorini rivojlantirish, Tashkilot a’zolari uchun qulay ijodiy, texnikaviy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish;
  • kinematografiyani rivojlantirish uchun xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishda qatnashish, kinofestivallar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarnitashkil qilish, xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda faol ishtirok etish;
  • kinematografiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani yaratishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda tashabbuskor bo‘lish va ishtirok etish;
  • o‘z faoliyatiga doir istiqbolli rejalar, ijodiy loyihalarni va maqsadli dasturlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Tashkilot a’zolarining mualliflik va turdosh huquqlarini, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishga ko‘maklashish, audiovizual asarlar mualliflari va boshqa huquq egalarining mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqarish;
  • Tashkilot a’zolarining intellektual, moliyaviy va boshqa resurslarini ularning birgalikdagi professional faoliyatlariga tadbiq etishga ko‘maklashish;
  • kinoprokat tizimini tashkil etishga ko‘maklashish, filmlarni tayyorlash va tarqatish sohasida raqobatni yanada kuchaytirish, filmlarni ommaviy namoyish qilish borasida mobil va raqamli televidenie kabi ilg‘or zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish, kinoprokatning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Tashkilotning vazifalari:

  • kinematografiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, kinematografiya muammolarini echish bo‘yicha Tashkilotning Ustav faoliyati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;
  • Tashkilot a’zolariga va kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa korxona-tashkilotlarga uslubiy va tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatadi, shuningdek ularning xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga maslahat, axborot va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishni amalga oshiradi, shu jumladan malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Tashkilotni va o‘z a’zolarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida ularga chet elda malaka oshirish va treninglarda qatnashishiga ko‘maklashadi;
  • audiovizual asarlar mualliflari va boshqa huquq egalarining mulkiy huquqlarini jamoaviy boshqarish bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etadi, ularning mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlashga ko‘maklashadi, audiovizual asarlardan noqonuniy foydalanishni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
  • audiovizual asarlar mualliflari hisoblangan xorijiy fuqarolar va boshqa mulkiy huquq egalari (xorijiy kinokompaniyalar) huquqlarini ulardan olingan vakolatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida himoya qiladi;
  • kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kinokompaniyalar bilan ijodiy va ishbilarmonlik aloqalarni o‘rnatadi va kengaytiradi, kinofestivallar va boshqa madaniy hamkorlik tadbirlarinitashkil qilishda qatnashadi, xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda ishtirok etadi;
  • turli janrdagi kino mahsulotlarini yaratish va ularni namoyish qilish tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy kinokompaniyalar va telekanallarning O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy, hujjatli kino va videofilmlar va seriallarni suratga olish ishlarini tashkil etadi va ularga ko‘maklashadi;
  • Tashkilot ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqadi, kinematografiyadagi muammolarni hal etish bo‘yicha eng dolzarb va istiqbolli takliflarni, loyihalarni tahlil qiladi va ishlab chiqadi, ularni qo‘llab-quvvatlaydi, zarur hollarda ularni moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • milliy va xalqaro hamkorlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda turli konferentsiyalar, ta’lim yo‘nalishidagi tadbirlar, seminar treninglar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
  • fan, ta’lim, madaniyat, san'at arboblari, biznes va moliya, davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi hamda o‘z vakolatlari doirasida hamkorlikni amalga oshiradi;
  • o‘z chora-tadbirlari, aktsiyalari, ijodiy va boshqa loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, ushbu maqsadlar uchun o‘z mablag‘lari, mahalliy va xorijiy davlat hamda jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning mablag'laridan foydalanadi;
  • o‘z faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish uchun matbuot anjumanlari o‘tkazadi, OAV va qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa vositalar orqali ma’lumotlar berib boradi;
  • hamkorlik faoliyati doirasida, ijodiy loyihalarni amalga oshirishda mahalliy va xorijiy hamkorlar haqida taqdimot filmlari va turli xil media-mahsulotlar yaratadi hamda o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, ularga axborot ko‘magini amalga oshiradi;
  • xayriya tadbirlarini va grantlar ta’sis qilish faoliyatini tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi, shuningdek turli mahalliy va xorijiy davlat va jamoat tashkilotlaridan, Tashkilot va uning a’zolari uchun subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar, grantlarolishda ishtirok etadi;
  • Tashkilot a’zolariga ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda yordam ko‘rsatadi, zamonaviy yangi texnologiyalarni joriy etishni har tomonlama rag‘batlantiradi;
  • jahon kino va video bozorini o‘rganadi, kino mahsulotlardan foydalanishga bo‘lgan huquqlarni o‘zlashtirish va ularni retranslyatsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
  • ijtimoiy ahamiyatga molik turli mavzularda kinostsenariylar tanlovini o‘tkazadi, saralangan stsenariylar asosida filmlar ishlab chiqarishni tashkil etadi va ishlab chiqarishda qatnashadi;
  • Tashkilot qoshida kinoloyihalarni va yaratilgan filmlarni tahliliy o‘rganishmaqsadida jamoatchilik asosida Ekspertlarguruhini tuzadi, uning tarkibini etuk stsenarist-dramaturglar, rejissyorlar, kinoshunoslar, kinoprokatchilar va boshqa mutaxassislar hisobiga shakllantirishga ko‘maklashadi;
  • respublikamizda rivojlanayotgan prodyuserlik institutining huquqiy va professional faoliyat ko‘rsatishiga va yanada rivojlanishiga ko‘maklashadi;
  • ijodiy-amaliy tanlovlarni tashkil etish (kastinglar o‘tkazish) orqali iqtidorli yosh ijodkorlarni aniqlaydi, ularni saralab olib, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam beradi va kinoloyihalar uchun professional va yosh ijodkorlar zahirasi (elektron bazasi)ni yaratadi;
  • jahon kinematografiyasi durdonalari hisoblangan filmlarni o‘zbek tiliga dublyaj qilishni tashkil etadi va ularning taqdimotini filmlar ijodkorlari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlaydi;
  • mahalliy va taniqli xorijiy kinoijodkorlar ishtirokida madaniy-ommaviy tadbirlar, uchrashuvlar va turli ko‘rinishdagi ko‘ngilochar marosimlarni tashkil qiladi, ular yuzasidan reklama-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
  • sohaga oid statistik va tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi, monitoring yuritadi, ommaviy so‘rovlar o‘tkazadi, kinematografiya sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi va oshirishda qatnashadi;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reklama-axborot va noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
  • Tashkilot O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.