Dmitriy Dyujev Toshkentda

Joriy yilning 7 may kuni rossiyalik teatr va kino aktyori va kinorejissyor Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Dmitriy Dyujev tashrifi chog‘ida Kinematografiyani rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi va Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda MY5 telekanaliga intervyu berdi.

Shu kuni O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida «U» filmi premerasi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra, Dmitriy Dyujev o‘zining «Yevgeniy Onegin» nomli yakkaxon spektaklini namoyish etdi.